(8361)222-84-07

slabo

  • m 111111111111111111111111111111111111111111111111111111111
  • m image001
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4

 

 quwanish

Boʼlim boshligʼi

Doshmuratov Quanishbay Baltamuratovich
Tel: +998(61) 222-84-07
E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

ruwxiyliqgulbaxar07.14.2020

Boʼlim uslubchisi

Qazaqbaeva Gulbaxar Sharapatdinovna
Tel: +998(61) 222-84-07

 zayiraleuov07.14.2020

 

Boʼlim uslubchisi

Аleuov Zayir Isakovich
Tel: +998(61) 222-84-07

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi institutda olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga boshchilik qilish, boʼlimga tegishli normativ hujjatlarda belgilangan koʼrsatmalarni muvofiqlashtirish, boʼlimlar, jamoat ishlari va kafedralarning maʼnaviy-maʼrifiy tajribalarini umumlashtirish, talaba-yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning maʼnaviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan va yoshlar manaviyatini oshirish ularning boʼsh vaqtlaridan unumli foydalanishga qaratilgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tarafidan ilgari surilgan 5ta muxim tashabbuslari boʼyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Umumiy qoidalar

• Boʼlim institut rektorining buyrugʼi asosida tuziladi;
• Boʼlimning ishchi guruhi institutning ushbu soha boʼyicha yetakchi mutaxassislari, professor-oʼqituvchilardan tarkib topadi;
• Boʼlim oʼquv va tarbiya ishlari boʼyicha prorektori boshchiligida faoliyat olib boradi;
• Oʼz faoliyatini yoʼlga qoʼyishda boʼlim fakulьtet dekanlari va ularning oʼrinbosarlari, boʼlim boshliqlari, kafedra hamda guruh rahbarlari bilan birgalikda ish olib boradi;
• Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining nizomi asosida ish olib boradi, joriy va kelajakdagi ish rejalariga asoslanib ish yuritadi.

Boʼlimning maqsadi:

Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, har xil ommaviy madaniyat xurujlaridan avaylab-asrash, ularni bu yoʼllardan qaytarish, Mustaqil Oʼzbekistonning haqiqiy fidoyisi boʼlib kamol topishini shakllantirishdan iborat.

Boʼlimning vazifalari:

• Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga bogʼliq chora-tadbirlarni oʼtkazish;
• Talaba-yoshlar orasida maʼnaviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirishni yoʼlga qoʼyish;
• Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olib borilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish
• Talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olib boriladigan ishlarni shakllantirishga koʼmaklashish;
• Institutda maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini belgilash, ularga zarur normativ hujjatlar ham tavsiyalar ishlab chiqish;
• Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining shahar, tuman boʼlimlari hamda mamlakatimizda xizmat koʼrsatib kelayotgan fondlar, ijtimoiy tashkilotlar bilan birgalikda maʼnaviy-axloqiy ishlarni shakllantirish.

Boʼlimning huquqlari:

• Fakultetlardagi maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy ishlarni nazorat qilish;
• Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga bogʼliq vazirlik buyruqlari ham koʼrsatmalarini fakulьtetlarda bajarilishini nazorat qilish,
• Dekanlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʼyicha oʼrinbosarlarini tayinlash, hamda vazifalardan ozod qilishga bogʼliq yigʼilishlarda doimiy ravishda oʼz tavsiyalari bilan qatnashish.
• Maʼnaviy-axloqiy masalalar boʼyicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga koʼrsatmalar, tavsiyalar beradi;
• Professor-oʼqituvchilarning yillik oʼquv yuklamalarida «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlari» sohasiga tegishli bandiga toʼliq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi;
• Maʼnaviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namuna koʼrsatgan boʼlim, fakulьtet, kafedra jamoatini moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirishga tavsiyalar beradi.