(8361)222-84-07

slabo

  • m 111111111111111111111111111111111111111111111111111111111
  • m image001
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
Печать

Talim sifatini nazorat qilish bo'limi

Written by mednf.uz Published on . Posted in Uncategorised

1

Bo'lim boshlig'i

Xakimov Daryabay Perdebaevich

Tel.: (861) 300 36 29

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Qabul kunlari: seshanba, juma

Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti safidagi Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli Qarorining 14-bandiga asoslanib Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi tashkil etilgan.

Hozirgi kunda bo'lim institutning strukturaviy bo'limi hisoblanib o'z faoliyatin O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O'zbekiston Respublikasi Oliy majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va ko'rsatmalari, Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi va Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti rektorining buyruqlariga, shu bilan birga institut rektori tamonidan tasdiqlangan «Qoraqalpog'iston tibbiyot institutining ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi faoliyati haqidagi nizom» ga muvofiq olib boradi.

Bo'limning asosiy maqsadi – institutda va uning tarkibida ta'lim sifatini oshirish, institutning milliy va xalqaro reytingini oshirish buyicha ishlarni muvofiqlashtirish, institutda ta'lim sifatini davlat ta'lim standartlariga mosligini ta'minlash va Qoraqalpog'iston tibbiyot institutida sifat nazorat monitoringini o'tkazish uchun tashkillashtirish ishlarini olib borish.

Bo'limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• Mutaxassisliklar bo'yicha o'qitish yo'nalishlarini davlat ta'lim standarti va malaka oshirish talablariga javob beradigan o'quv rejalari va ishchi dasturlari bilan ta'minlash darajasini tahlil qilish;
• O'quv jarayonida, o'quv adabiyotlari va o'quv materiallari bilan ta'minlanish darajasini o'rganish;
• Talabalarning bilim va ko'nikmalarini davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini aniqlash;
• Ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan me'yoriy hujjatlar ijrosini ta'minlash;
• O'quv sifatini monitoring qilish;
• Ichki attestatsiyani tashkil etish, uning natijalari asosida o'qitish sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan tamoyillarni aniqlash; institut rektoriga, shuningdek davlat inspektsiyasiga ma'lumot taqdim etish;
• Attestatsiyada va o'qitish sifatini tekshirishda aniqlangan kamchiliklarga o'z vaqtida bartaraf qilish jarayoni ustidan nazorat o'rnatish;
• O'qitish sifatini, shuningdek uning muammolari va kamchiliklarini aniqlaydigan monitoring ko'rsatkichlari natijalari bo'yicha tegishli tarkibiy tuzilma uchun takliflar tayyorlash;
• Professor - o'qituvchilar malakasini oshirish davrida fakul'tetning zamonaviy uslublari va usullarini qo'llash samaradorligini tahlil qilish;
• Tegishli fan bo'yicha professor - o'qituvchilarning asosiy ma'lumotlarining muvofiqligini ko'rib chiqish yoki qo'shimcha ishlov berishni o'rganish, shuningdek ilmiy unvon va darajani ularning ixtisoslik darajasiga muvofiq tahlil qilish. Natijasini institut rektoriga xulosalar berish;
• O'quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
• O'quv jarayonining moddiy - texnik bazasini tekshirish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berish;
• Talabalarning amaliyot darajasini hisobga olgan holda o'qitish yo'nalishini, uni tashkil etilishini va natijalarini nazorat qilish;
• Davlat inspektsiyasining buyrug'iga binoan institut reytingini aniqlash va baholash bo'yicha ma'lumot to'plash bilan bog'liq jarayonlarda, shuningdek attestatsiyani o'rganish bosqichi va ta'lim sifati tekshirilayotgan hollarda qatnashish;
• Talabalar bilimini tahlil qilish orqali reyting ballarining xolisligi va shaffofligini, shuningdek ularning sifat darajasini baholash.
• Bo'limga yo'qoridagilardan tashqari boshqa vazifalarda yuklangan.  

2

Dauletbaev Asilbek Dauletbay ug'li

Bosh mutaxassis

Tel: (97) 355 01 71

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

3

Idirisov Jaksilik Aytmuratovich

Bosh mutaxassis

Tel: (93) 360 60 85

E-mail: