(8361)222-84-07

slabo

  • m 111111111111111111111111111111111111111111111111111111111
  • m image001
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
Печать

Axborot-resurs markazi haqqida

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti axborot-resurs markazi 1991 yil tashkil etilgan. Hozirgi kunda Axborot-resurs markazida 5 ta bo‘lim mavjud.
1. «Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish» bo‘limi.
2. «Ilmiy-uslubiy va axborot-ma`lumot» bo‘limi.
3. «Axborot-kutubxona resurslarini to‘plash, kataloglashtirish va tizimlashtirish» bo‘limi.
4. «Chet el axborot va kutubxona resurslari bilan ishlash» bo‘limi.
5. «Elektron axborot resurslari» bo‘limi
2020 yilga kelib umumiy kitob fondi 60847 nusxani tashkil etadi, shu jumladan:
• O‘quv adabiyotlari – 33949
• Badiiy adabiyot - 10492
• Ilmiy adabiyotlar -2305
• Ijtimoiy-siyosiy adabiyot -5066
• Elektron resurslar – 9035
• Xodimlar soni - 15 kishi
“ARMAT” dasturi elektron katalogiga 6000 dan ortiq bibliografik yozuvlar kiritilgan. Elektron katalogdagi ma`lumotlarni onlayn kutubxona va ARMning xizmat ko‘rsatish bo‘limlaridan qidirish mumkin.
ARM da Talabalar, ordinatorlar, magistrantlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar uchun 120 o‘quvchiga mo‘ljallangan 2 ta o‘quv zali mavjud.
Kompyuter zali - barcha toifadagi foydalanuvchilarga xizmat qiladi. Foydalanuvchilar uchun zalda 50 ta o‘rindiq mavjud. Ularning barchasi zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan va internet tarmog‘iga ulangan. Kompyuter xonasida CD va DVD ko‘rinishidagi manbalar, barcha bilim sohalari bo‘yicha qoraqalpoq, o‘zbek, rus va boshqa tillardagi to‘liq matnli elektron resurslar mavjud.