(8361)222-84-07

slabo

  • m 111111111111111111111111111111111111111111111111111111111
  • m image001
  • slay321
  • tashpminf1
  • tashpminf2
  • tashpminf3
  • tashpminf4
nabirakadirlarbolimi

Kadrlar bo'limi boshlig’i:

Nurullaeva Nabira Miratdinovna
Telefon: (61) 2228409
E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 janarkadrlarbolimi  

Kadrlar bo'limi muhandisi

Еrjanova Janar Amantaevna
Telefon: (61) 2228409

 ulzirakadirlarbolimi  

Kadrlar bo'limi inspektori

Ilyasova Ulzira Rauf qizi
Telefon: (61) 2228409

Kadrlar bo’limining umumiy faoliyati bo’yicha qisqacha ma’lumot

• O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va farmoyishlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to’g’risidagi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi farmoyish, buyruq, nizom va yo’riqnomalari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga va yo’riqnomalarga, institut yo’riqnomalari ustavi va tegishli ko’rsatmalari asosida ish olib boradi.
• Institut mehnat ichki tartib-qoidalariga, nazorat qoidalariga, mehnat intizomiga, lavozimiy yo’riqnomalarga amal qiladi, o’rnatilgan qonun-qoidalarga, huquqiy tartibga muvofiq xodimlar ishini tashkil etadi.
• Xodimlar bo’limining professor-o’qituvchi, assistent va ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi ishchi-xodimlar hamda talabalar bilan ishlash inspektorlari bevosita xodimlar bo’limi ko’rsatmalariga muvofiq ishni tashkillashtiradi. Belgilangan tartibda yo’riqnoma asosida ish olib boradi.
• Kadrlarni joy-joyiga qo’yish bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritadi.
• Institut rahbariyati bilan birgalikda mutaxassisligiga va kvalifikatsiyasiga ega bo’lgan, ish saviyasi, uslubi talabga javob bera oladigan professor-o’qituvchilar, assistentlar, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi.
• Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan maqsadlarga erishish va uni tatbiq etish uchun unumdor va samarali mehnat kilishni tashkil etadi.
• Moliya-reja bo’limi bilan birgalikda institut shtat jadvalini muvofiqlashtiradi va shtat jadvaliga asosan ish olib boradi.
• Xodimlar masalasi bo’yicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishni yo’lga qo’yadi va tashkillashtiradi.
• Professor-o’qituvchi, assistent, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni ishga olish, ishdan bo’shatish, lavozimini o’zgartirish, mehnat ta’tili berish va muddatidan avval ishga chaqirib olish, qo’shimcha ta’tillar, tanlovdan, attestatsiyadan o’tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etadi.
• Professor-o’qituvchi va assistent xodimlarni institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi va O’zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini umumiy nazorat qilish, ularni rag’batlantirish, moddiy yordam ko’rsatish, intizomiy jazo choralarini qo’llash yuzasidan dekan va kafedra mudirlari bilan kelishgan holda rahbariyatga taklif kiritadi.
• Harbiy xizmatga majbur bo’lganlar, harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagi o’smirlarning hisobini tegishli bo’lim (2-bo’lim) bilan hamkorlikda olib boradi va nazorat qiladi.
• Professor-o’qituvchi, assistent, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va talabalarning shaxsiy ish jildini, shaxsiy kartochkasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnomasini (ob’ektivka) shakllantiradi, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etadi.
• Mehnat daftarchasi blankalarini ishlatish, hisobining yuritilishini nazorat qiladi.
• Nafaqa yoshiga yetgan xodimlarni hisobini yuritadi, ularga o’z vaqtida pensiya tayinlanishi uchun kerakli hujjatlarni tayyorlaydi.
• Kasallik varaqalarini shakllantiradi, yuritadi.
• Institut malaka toifasiga ega bo’lgan professor-o’qituvchi, assistent, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning belgilangan shaklda stastistik hisobotini olib boradi.
• Har oyda tuman aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo’limiga vakant joylar (bo’sh ish o’rni) bo’yicha ma’lumot beradi.